Qirg‘izistonlik ayol Pokistonda tortib olingan farzandini qaytara olmayapti

Jamiyat 17:20 / 09.03.2016 3165

Qirg‘iziston fuqarosi A.Ayilchiyevaning farzandi 1 yildan buyon Pokistonda qolmoqda. Pokiston sudi ayolning foydasiga hukm chiqargan bo‘lsa-da, u bir yildan ko‘proq muddatdan buyon tortib olingan farzandini qaytara olmayapti.

Qirg‘iziston Respublikasi ombudsmen institutining xabariga ko‘ra, sobiq er bolani yashirishda davom etmoqda va uni onasiga qaytarishni xayoliga ham keltirmayapti.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistonning Pokistondagi elchixonasiga qilingan yuzlab murojaatlar samara bermayapti, konsul hatto Pokiston politsiyasi va sudiga chora ko‘rishni so‘rab maktub yo‘llamagan.

Ko‘proq yangiliklar: