Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror bugun, ya'ni 2016 yil 9 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisida qabul qilingan.
Senatning yalpi majlisida mamlakat ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotining barcha sohalarini izchil isloh qilishga hamda liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunlar, shu jumladan, «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi (yangi tahriri), ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlar, mamlakatning ayrim idoralari va muassasalari hisobotlari, shuningdek, Senatning prokuratura organlari faoliyatini nazorat qiluvchi komissiyasi tarkibi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.