Olimlar nima sababga ko‘ra dengiz toshbaqalari omon qolganlarini aniqlashdi

Jamiyat 23:45 / 09.03.2016 5429

London Imperiya va universitet kollejlari xodimlari qadimiy timsohsimonlarning 200 turga yaqin toshga aylangan qoldiqlarini o‘rganish natijasida yura va bo‘r davrlarida 80 foiz yirtqich jonzotlarning yo‘qolishining taxminiy muddatlari dengiz toshbaqalarining kelgusi rivojlanishi bilan mos tushishini aniqlashdi. Olimlarning taxminicha, bu jarayon toshbaqalarga qadimiy timsohlar tomonidan bosimning kamayishi bilan ta'minlangan. Tadqiqot Proceedings of the Royal Society B. jurnalida chop etildi.

Olimlarning fikricha, timsohsimonlarning 145 mln yil avval ommaviy qirilib ketishi dengiz sathining pasayishidan keyin boshlangan. Bu qadimiy yirtqichlarning laguna (ko‘rfaz) va sohilbo‘yi botqoq hududlar kabi an'anaviy yashash va ov qilish joylarini o‘zgartirgan.

Timsohlarning qadimiy ajdodlarining ko‘p sondagi turlarining yo‘qolishi nafaqat dengiz toshbaqalariga ta'sir qilgan. Timsohsimonlardan keyin dengizdagi hukmronlikni pleziozavrlar va hozirgi akulalarning ajdodlari qo‘lga oldi, bu ularning rivojlanishini ta'minladi. Shuningdek, timsohlarning kamayishi dengiz suvining kimyoviy tarkibini o‘zgartirdi: oltingugurt miqdori ko‘paydi, kislorod esa kamaydi.

Olimlar tadqiqotlarni davom ettirib, unga qadimiy dinozavrlar, amfibiyalar va sut emizuvchilarni qo‘shishni rejalashtirishmoqda va bu bilan yura va bo‘r davrlari chegarasida yuz bergan va biologik xilma-xillikka ta'sir qilgan jarayonlarni yaxshiroq tushunishmoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: