Nigeriyada uy qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

Jahon 18:37 / 09.03.2016 1749

Nigeriyaning eng yirik shahri Lagosda aholi turar joy binolari joylashgan hududda uy qulashi oqibatida 22 kishi xarobalar ostida qolib, halok bo‘lgan. Bu haqda mahalliy hukumatga asoslanib, Agence France-Presse xabar tarqatgan.

Hozircha bu hodisa sabablari aniqlanmagan. Qutqaruv ishlari davom etmoqda. Vayronalar ostidan shu vaqtgacha 13 kishi qutqarib olingan.

Agentlik xabariga ko‘ra, hududda 1 kun oldin kuchli jala yoqqandi.

Qulagan uy shahardagi Lekki nomli kvartalda bo‘lgan. Bu kvartal shahardagi eng qimmatbaho uylar joylashgan hudud hisoblanadi. Hududda xorijliklar ham ko‘p miqdorda istiqomat qilishadi.

Ko‘proq yangiliklar: