Moskvada inkassatsiya xizmati mashinasidan 40 mln rubl o‘g‘irlashdi

Jamiyat 18:30 / 09.03.2016 3251

Jinoyatchilar Moskva shahrining janubi-g‘arbida inkassatsiya xizmati mashinasidan 40 mln rubl atrofidagi pulni o‘g‘irlab ketishgan. Bu haqda Moskvadagi huquq-tartibot organlariga asoslanib, TASS axborot agentligi xabar tarqatgan.

"Inkassatsiya xizmati mashinasiga Vavilova ko‘chasida joylashgan 13-uy oldida hujum uyushtirilgan. Talonchilar bankka tegishli bo‘lgan katta miqdordagi mablag‘ni o‘marishgan va Toyota rusumli avtomashinaga minib, voqea joyidan yashirinishgan", deydi manba.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda maxsus tergov guruhi voqeani o‘rganmoqda. Shaharda ushbu jinoyatchilarni tutish uchun maxsus tadbir o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: