Kompyuter go o‘yinida chempionni yengdi

Sport 17:25 / 09.03.2016 3091

AlphaGo komyuter dasturi ommaviy ravishda o‘tkazilgan beshta matchdan birinchisida go o‘yinining dunyodagi eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan Li Sedolni mag‘lub qildi.

Ushbu match to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilingan.

Google Deepmind ishlab chiqqan ushbu g‘alaba dasturi kompyuter go o‘yini ustalarini yenggan ikkinchi holat sifatida qayd etildi. Avvallari sun'iy idrok inson bilan tengma-teng o‘ynash uchun bir necha o‘n yillar kerak bo‘ladi, deb hisoblanardi.

Koreyalik Li Sedol go o‘yinining eng yaxshi ustalaridan, hozirgacha u 800dan ortiq turnirda g‘olib bo‘lgan.

AlphaGo va Li Sedol o‘rtasida umumiy hisobda beshta match bo‘lib o‘tadi. G‘olib bir million dollarni qo‘lga kiritadi. Agar Google o‘yinda yutib chiqsa, mukofot pullarini xayriya ishlariga sarf qilmoqchi.

Ma'lumot uchun: Go (yap. 碁; shuningdek, xit. 围棋 veytsi, kor. 바둑 paduk) —chuqur strategik mazmunga ega mantiqiy o‘yin. Har xil manbalarga asosan, 2 mingdan 5 mingacha yillar avval Qadimiy Xitoyda vujudga kelgan. XIX asrgacha faqat Sharqiy Osiyoda, XX asrda butun dunyo bo‘ylab tarqalgan. Jahonning eng mashhur beshta zakovat o‘yinlaridan bittasi hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: