O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish yoxud niqob ortidagi dinimiz dushmanlari” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Respublika Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oya va mafkuralarga qarshi immunitetni shakllantirishda tushuntirish ishlarini olib borishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda so‘zga chiqqan universitet rektori Shuhrat Qayumov mazkur muhokamalar talabalarda global dunyodagi mavjud qarama-qarshiliklarga nisbatan to‘g‘ri fikr yuritish, turli axborot oqimlarini saralashni o‘rgatishda muhim rol o‘ynashini alohida ta'kidladi.
O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari va talabalarining mavzu bo‘yicha savollariga javob qaytarish asnosida tashkilotchilar aynan diniy ekstremizm va terrorizmning xavfli oqibatlari aks etgan videolavhani namoyish qilishdi.