Italiyadagi shaharcha meri 8 martga ayollarga antiqa sovg‘a hadya qildi

Jamiyat 11:56 / 09.03.2016 5073

Italiyaning Fontavivo shaharchasi meri Tomsso Fiazza barcha mahalliy ayollarni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan antiqa usulda tabriklashga qaror qildi. U barcha ayollarga zo‘ravonlarning tahdidlaridan himoyalanish uchun ko‘zni achishtiruvchi garmdorili ballonchalar tuhfa qildi.

Bu sovg‘a Italiyadagi xavfsizlik borasidagi vaziyat uncha ham havas qilgudek bo‘lmagan hozirgi vaqtda ayniqsa juda asqotadi: 2014 yilda mamlakatda 152 nafar ayol o‘ldirilgan, ulardan 94 foizi erkaklar tomonidan o‘ldirilgan.

Yevropa Ittifoqi inson huquqlarini himoya qilish agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2014 yilda 27 foiz italiyalik ayol o‘z oshig‘i tomonidan jismoniy yoki jinsiy tahdidga uchragan.

Fontavivo meriyasi bu sovg‘alar uchun bor-yo‘g‘i 600 yevro sarfladi. Biroq shahar meri bundan hech ham afsuslanmasligini aytdi: "Bu turli tahdidlardan himoyalanishning oddiy va samarali usulidir. Biz bu ballonchalar sizga asqotmasligiga juda umid qilamiz, biroq zarur bo‘lganda, bu sovg‘a o‘zini oqlaydi".

Shaharchadagi ayollar bu sovg‘ani uni elektron pochta orqali bronlashgandan keyin olishlari mumkin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: