Futbol bo‘yicha Afg‘oniston ayollar terma jamoasining shariat qoidalari asosida tayyorlangan liboslari taqdim etildi. World Soccer nashrida xabar berilishicha, endilikda afg‘onistonlik ayol-qizlar uchun hijob ko‘rinishidagi sport kiyimlari ishlab chiqariladi.
Bunday sport kiyimlari Daniyadagi sport anjomlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan korxona tomonidan hummel brendi ostida taqdim etiladi.
"Biz afg‘onistonlik hamkorlarimiz bilan muzokaralarda bu xalqning milliy an'analari asosida sportchi ayollar uchun liboslar tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishdik", deydi brend vakili Kristian Stadil.
FIFA 2014 yilning martida o‘yinlar vaqtida musulmon diniga e'tiqod qiluvchi ayol sportchilarning hijob kiyishiga ruxsat bergandi.
2014 yilgacha FIFA homiyligidagi barcha musobaqalarda hijob kiygan holda ishtirok etish taqiqlangandi (2007 yilda joriy etilgan).