Fransiyadagi mehmonxona shahzoda Harri va Keyt Middltonga joy bermadi

Jamiyat 19:21 / 09.03.2016 4173

Fransiyaning Amen shahridagi Marotte nomli hashamdor mehmonxonasi gersog va gersoginya Kembrijskiylar hamda shahzoda Harriga xona taqdim etishdan bosh tortdi.

Mehmonxona boshqaruvchisi Olive Valtining izohlashicha, Britaniya qirollik oilasiga joy berish uchun boshqa mijozlarning buyurtmalarini bekor qilish etika qoidalariga zid hisoblanadi.

Shahzoda Uilyam, uning turmush o‘rtog‘i va ukasi Fransiyaga 30 iyun kuni Somma jangining 100 yilligiga bag‘ishlangan marosimga kelishadi.

Ko‘proq yangiliklar: