Eron 2025 yilgacha 9 ta yangi AES qurishi kerakligi aytildi

Jahon 19:52 / 09.03.2016 2916

Eron yaqin 10 yil ichida 9 ta atom elektr stansiyasi qurishi kerak. Bu haqda Eron atom energiyasi tashkiloti rasmiy vakili va boshlig‘i o‘rinbosari Behruz Kamolvandiy ma'lum qildi.

"Mamlakat 2025 yilgacha Eronning barcha elektrostansiyalari ishlab chiqaradigan quvvatni kamida 100 ming MVtga yetkazish uchun yaqin 10 yil ichida 9 ta yangi AES qurishi kerak", deb Kamolvandiyning aytgan so‘zlarini keltirib o‘tdi IRNA agentligi.

Eron energetika vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat elektrostansiyalari hozirda 73 ming MVt elektr energiya ishlab chiqara oladi.

Kamolvandiy ta'kidlashicha, 2025 yilga kelib Erondagi barcha elektr energiyaning 8-12 foizi AES hisobiga ishlab chiqarilishi lozim. Eron AESlarni qurish uchun ham xususiy sektorning ichki mablag‘lari, ham xorijiy sarmoyalarni jalb qilmoqchi.

Kamolvandiyning aytishicha, sanksiyalar bekor qilingandan keyin Eronga AES qurilishi bo‘yicha bir qator manfaatli takliflar tushgan.

Ko‘proq yangiliklar: