Al Ayn (Al Ain) va Abu Dabi (Abu Dhabi)da bugungi kunning tongida qattiq yog‘ingarchilik kuzatildi va bir qancha yo‘llarda suv to‘planishi tufayli rasmiylar suv toshqini bo‘yicha ogohlantirishlar e'lon qilishdi.
Past bosim tizimining ko‘tarilib ketishi tufayli Abu Dabi shahri atrofida joylashgan Halifa (Khalifa) va Masdar (Masdar) shaharlarida kuchli do‘l yog‘ini kuzatilgan, bu esa ko‘pgina BAA viloyatlarida, Ummon va Qatarda ham yog‘ingarchilikka olib kelgan.
BAA Meteorologiya va seysmologiya milliy markazining (MSMM) ta'kidlashicha, past bosim tizimi Arab yarimorolining sharqiy qismidan kelib, payshanba kunigacha yog‘ingarchilik davom etar ekan.
MSMM fuqarolarga qattiq yog‘ingarchilik tufayli hosil bo‘ladigan yomon ko‘rinish sharoitlaridan, sirpanchiq yo‘llardan va quchli shamollardan ogoh bo‘lishliklariga chaqirdi.
Bir vaqtning o‘zida, Fujayra (Fujairah) va Ras Al Hayma (Ras Al Khaimah) shahri politsiya rasmiylari yomon ob-havo natijalarini bartaraf etish rejasini amalga oshirishmoqda.