Tamanno Tojiboyevada tug‘ma yurak xastaligi bor - yurak qorinchalari o‘rtasidagi parda nuqsoni. Tug‘ilganida 7 mm bo‘lgan, endi 11 mm bo‘lib qoldi, zudlik bilan operatsiya qilish kerak. Har bir o‘tgan yil kech bo‘lib qolib, operatsiya qilish imkoni yo‘qolishi xavfiga xavf qo‘shib bormoqda. Bu kassallikning shunday xususiyati mavjud - ma'lum bir muddat o‘tgach, yurak operatsiya uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi.
Qorinchalari o‘rtasidagi parda nuqsoni - bu chap va o‘ng qorinchalarni to‘la bo‘linmasligi. Natijada qon bir qorinchadan (ko‘pincha chap qorinchadan, chunki u kuchliroq bo‘ladi) boshqasiga o‘tib qoladi va bu holat yurak va qon aylanish sistemasining tabiiy ishini buzadi.
Qorinchalar o‘rtasidagi parda nuqsoni barcha yurak xastaliklarini 20-25% tashkil etadi va har bir ming tug‘ilgan chaqaloqlarning uchinchi-beshinchisida uchraydi.
Tug‘ma yurak xastaliklarining sabablarini sanaganda shifokorlar yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar bu kasallikga bo‘lgan irsiy moyillikni ikki barobar ko‘tarishini, virus infeksiyalarini, jumladan qizilcha, gripp, gerpes (uchuq), ayniqsa ular bilan homiladorlikning boshlang‘ich davrlarida zararlanishlarini ko‘rsatadilar.
Alkogol, sigaret chekish, nazoratsiz dori-darmon qabul qilish, zararli ishlab chiqarishda ishlash (AYoQSh, lok va bo‘yoq ishlab chiqarish, kimyo zavodlari), yomon ekologiya, toksikozlar, stresslar kabi holatlar ham tug‘ma yurak xastaligining sabablari bo‘lishi mumkin.
Tamannoning ko‘zlari chaqnab turadi, o‘zida ham xuddi motorcha bordek. Chaqqon, tiyrak, qiziquvchan, u bizlarni birinchi ko‘rishimizdan o‘ziga mahliyo qilib qo‘ydi. Onasi Go‘yoxon boshidan o‘tganlarni so‘zlab berarkan, qizaloq o‘ziga fotosessiya uyushtirib ulgurdi.
Go‘yoxon ikki farzandni bir o‘zi ko‘tarmoqda, katta o‘g‘li beshga kirgan. Bularning otasi hayotlaridan ikki yil ilgari g‘oyib bo‘lib ketganicha, hanuzgacha xabar yo‘q. Ayolning daromadi faqat shu kasal qiziga davlat to‘lab turgan pensiya, boshpanani Go‘yoxonning ota-onasi bergan. Mahalla ham yordam bermoqchi edi-yu, lekin nimadir bo‘lib, amalga oshmayapti.
Bunday operatsiyalar, odatda bepul, chunki O‘zbekistonda bolalarga operatsiyalar kilish bepul, lekin Tamannonikidek operatsiyalarni nozik bir jihati bor - ochiq yurakda o‘tkaziladigan operatsiyalar uchun zarur bo‘lgan qimmatbaho oksigenator va turli boshqa ashyolar hamma ularga muhtoj bolalarga yetishmaydi.
«Sochnaya dolina» savdo belgisi 2015 yil noyabr oyida «Hayotlarni birgalikda qutqaraylik!» aksiyasini o‘tkazdi va uning doirasida har bir sotilgan sharbat qutisidan tushgan pulning bir qismini Toshkent pediatriya institutining Bolalar kardiojarrohlik markaziga o‘tkazdi. Aktsiya 15 bolani operatsiyasiga yetarli pul jamladi. O‘sha pulga ochiq yurakda operatsiyaga muhtoj bo‘lgan, kam ta'minlangan oilalarda yashovchi bolalar uchun oksigenatorlar va boshqa kerakli narsalar sotib olindi.
Muvaffaqiyatli o‘tgan operatsiyadan so‘ng uyg‘onib, Tamanno ilgari totib ko‘rmagan kofe so‘radi. Sharbat, kola yoki konfet emas - kofe. «Ko‘rdingizmi, endi bizda yangi hayot boshlanyapti», - dedi, baxtli jilmayib, Go‘yoxon.
Tamanno Tojiboyeva sog‘ayib, onasi bilan uylariga, Farg‘onadagi «Yorug‘lik» mahallasiga qaytib ketdilar.
Bu o‘n beshta «Yurak hikoyalari»dan o‘ninchisi va hali davomi bor...
Yurak hikoyalari. Birinchi hikoya. «Men bor joyda - doim quyosh charaqlaydi...»
Yurak hikoyalari. Ikkinchi hikoya: «Endi men yashashni istayman...»
Yurak hikoyalari. Uchinchi hikoya: «Ura, men operatsiyaga boraman!»
Yurak hikoyalari. To‘rtinchi hikoya: «Qo‘lbola mo‘'jiza»
Yurak hikoyalari. Beshinchi hikoya: Ona: O‘g‘ilchamning yurakchasi urayaptimi, degan xavotirda uyg‘onib, qulog‘imni ko‘kragiga qo‘yib eshitmagan kecha bo‘lmasa kerak
Yurak hikoyalari. Oltinchi hikoya: Oltinchi hikoya: «Tanishlar u hali ham hayotmi deb, ajablanishar edi...»
Yurak hikoyalari. Sakkizinchi hikoya: «Evrika, meni tuzatishdi!»
Yurak hikoyalari. To‘qqizinchi hikoya: Hamma baxtli bo‘lsin!
Yurak hikoyalari. O‘ningchi hikoya: «Katta bo‘laman, turmushga chiqaman, shifokor bo‘laman, yuraklarni davolayman va sigir sotib olaman»
Reklama huquqlari asosida.