Beyl jarohatdan qochish uchun getralarida teshiklar hosil qildi

Sport 20:49 / 09.03.2016 4344

"Real" jamoasi hujumchisi Garet Beyl getralarini yirtgan holda mashg‘ulotlarda va o‘yinlarda ishtirok etishni boshladi. Tvitterga joylashtirilgan Garetning oyoqlari suratida uning getralarida teshiklar hosil qilinganini ko‘rish mumkin.

O‘z navbatida bu hech qanday irim-sirimlar bilan aloqador emasligi aytilgan.

Aniqlik kiritilishicha, uelslik bu futbolchi getralarida teshik hosil qilish orqali oyoq mushaklariga bosim tushishi kamayishiga erishmoqchi. Qayd etish kerakki, u asosan oyoqlarining shu qismini shikastlab oladi.

AS nashrining yozishicha, shifokorlar futbolchi bu yangilikni qo‘llash orqali o‘ziga ruhan dalda berishi ham mumkin.

"Beyl o‘ynashga tayyor. Bu eng muhimi. Qanday getrada o‘ynash esa uning shaxsiy ishi", deya kulib bu xabarga munosabat bildirgan "Real" jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan.

Ko‘proq yangiliklar: