Bangladeshda An-26 yuk samolyoti falokatga uchradi. Samolyot bortida 4 nafar rossiyalik bo‘lgan. Bu haqda Koks-Bazar shahri politsiyasi Aslam Hussayn ma'lum qildi, deb xabar bermoqda bdnews24.com portali.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uchuvchi halok bo‘lgan, yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan. Ikkinchi uchuvchi og‘ir jarohatlar olgan.
Hussaynning aytishicha, Bangladeshning True Aviation yuk kompaniyasiga tegishli bo‘lgan samolyot Jyessor va Koks-Bazar tumanlari orasida krevetkalar tashish uchun qo‘lllangan.
Shahar aeroporti boshlig‘i Shadxan Kumar Moxantoning aytishicha, samolyot mahalliy vaqt bilan soat 09:30 larda Bangladesh sohillaridan 5 km uzoqlikda dengizda falokatga uchragan.
Samolyot falokatga uchragandan keyin qutqaruv operatsiyasi boshlangan, unda mahalliy sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati, qutqaruv xizmati va mahalliy baliqchilar ishtirok etmoqda.
Qutqaruv xizmatining operatsion direktori Abdul Majid soat 10:00 ga yaqin ikki kishi qutqarilgani va Koks-Bazar shifoxonasiga yetkzilganini aytgan. Shifokorlarning aytishicha, ulardan biri vafot etgan, ikkinchisi esa og‘ir ahvolda qolmoqda.
Falokat sabablari hozircha noma'lumligicha qolmoqda.