Toshkentda USENET internet-konferensiyasi yana bir bor marketing, reklama va IT sohasi ustalarini jamlaydi.
20 aprel kuni International Hotel Tashkent (sobiq Intercontinental) mehmonxonasida USENET 2016 xalqaro digital-konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Konferentsiyaning asosiy mavzulari:
- internet orqali biznesni rivojlantirish
- internetda video-reklama, messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar, SMM
- reklama bozori monitoringi va o‘lchovi
- elektron savdo
- internet OAV
- muvaffaqiyatli startaplar
9 dan ortiq mamlakatlardan tashrif buyurgan mutaxassislarning chiqishlari kutilmoqda.
Tashkilotchi – Ledokol Group, bosh axborot hamkori – Mail.ru Group, strategik hamkor – axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish Markazi - UZINFOCOM.