Saakashvili Yatsenyukni "haddan tashqari yolg‘onchilikda" aybladi

Jahon 07:23 / 08.03.2016 4033

Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili feysbukdagi sahifasida Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyukni "haddan tashqari yolg‘onchilikda" va "parallel dunyoda" yashashda aybladi.

Yatsenyuk Odessa viloyati bojxonada rejadan tashqari tushumlarni yo‘llar qurilishi va ta'mirlanishi uchun yo‘naltirish bo‘yicha tajribada samaradorlik ko‘rsatmaganini aytgandan keyin Saakashvili bundan bayonot qilgan.

"Bosh vazir parallel dunyoda yashashda davom etmoqda. Bosh vazir dunyosida bojxona ishi samaradorligi, Sobiq ittifoqdagi kabi, rejaning bajaralishi bilan o‘lchanadi, qolgan barcha dunyoda esa samaradorlik nazoratdan o‘tish tezligi, hujjatlarning rasmiylashtirilishiga ketadigan vaqt, biznes uchun tartibotlarni soddalashtirish va qoidabuzarlarni aniqlash bilan o‘lchanadi", deb yozdi Saakashvili.

Avvalroq Saakashvili Ukraina bosh vaziri va hukumati bilan ixtilofga borayotgani sababli iste'foga ketishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: