Xitoydagi ko‘mir konidagi portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Jahon 09:01 / 07.03.2016 1892

Xitoyning shimolida joylashgan Girin viloyatidagi ko‘mir shaxtasida gaz portlashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.

Gaz chiqishi va uning portlashi 6 mart ertalabki payt Bayshan shahridagi shaxtada yuz bergan. Voqea sabablari mutaxassislar tomonidan tergov qilinmoqda.

Qutqaruvchilar bir kishini evakuatsiya qildilar va 12 konchining halok bo‘lganini tasdiqladilar. Ayni vaqtda 360 kishidan ko‘proq odam ishtirok etgan qutqaruv ishlari to‘xtatildi.

Ko‘proq yangiliklar: