Toshkent shahri hokimiyati 2016 yilda shahardagi yirik savdo hududlaridan biri "Qo‘yliq" bozori ta'mirlanishi uchun 20 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltiradi. Bu haqda shahar ma'muriyatidagi manbasiga asoslanib, Sputnik axborot agentligi xabar tarqatgan.
Shu yilning oxiriga qadar Toshkent hokimiyati "Toshbozorsavdo" uyushmasi bilan hamkorlikda bozor rekonstruksiyasining birinchi bosqichini yakunlashni rejalashtirgan. Bu hududda hozirda ochiq osmon ostida faoliyat yuritayotgan majmua o‘rnida usti yopiq bino qurish mo‘ljallangan.
“Biz allaqachon kerakli loyiha va xomcho‘tlarni va yangi binoning asosiy ko‘rinishini tasdiqladik. Endi navbat moliya manbaini topishda. Shahar byudjyetidan tashqari ushbu loyihaga biror tijoriy bankdan kredit mablag‘i ham olinadi. Hozirgi vaqtda “Xalq banki” bilan muzokarlar olib bormoqdamiz”, — dedi manba.
Loyihaga Anqara va Istanbuldagi bozorlardan andaza olingan. O‘zbekistonlik mutaxassislar delegatsiyasi o‘tgan yilda Turkiyaga tashrif buyurib, turk bozorlarini o‘rganishgan.
Yangi bozor o‘zining tashqi ko‘rinishi (yopiq pavilon) va transportlar uchun qulayligi bilan ajralib turadi. Bu yerda viloyatlardan qishloq mahsulotlari olib keladigan yuk mashinalari uchun alohida 2 qism ajratiladi. Yangi majmuadagi barcha do‘konlar usti yopiq bino ichida joylashtiriladi.
“Biz hozir bozorning bir qismini buzishni boshladik. Yozga yaqin ushbu ishlar tezlashtiriladi. Qurilish ishlari bozorning kundalik faoliyatiga xalal bermaydagan tartibda tashkil qilingan. Gpermarket binosi qurib bitkazilgach, kelasi yilda ulgurji bozor yonidagi chakana bozor binosi ham qayta quriladi”, — dedi ma'muriyat vakili.
Shuningdek, Toshkentga boshqa hududlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini keltiruvchi savdogarlar uchun 260 o‘rinli mehmonxona qurish ko‘zda tutilgan.