Janubiy Koreya mudofaa vazirligida Shimoliy Koreyaning AQSh va Janubiy Koreyaning birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlari vaqtida ig‘vogarliklarga yadroviy zarba berishga va'dasiga izoh berib o‘tildi. Bu haqda "Ryonxap" axborot agentligi xabar bermoqda.
"Shimoliy Koreya qo‘rs, falokatli bayonotlari va harakatlarini zudlik bilan bas qilishi kerak", deb aytdi Janubiy Koreya mudofaa vazirligi matbuot kotibi.
Matbuot kotibi agar Pxenyan ig‘vogarliklar bilan shug‘ullansa, Seulning bunga javobi qattiqqo‘l va ayovsiz bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Shimoliy Koreya AQSh va Janubiy Koreyaga ogohlantiruvchi yadroviy zarba berish bilan tahdid qildi.