O‘zbek paralimpiyachilari Rio-de-Janeyroda g‘alabaga erishdi

Sport 15:54 / 07.03.2016 3354

Joriy yilning 5-6 mart kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida dzyudo bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Xalqaro Gran-pri musobaqasida o‘zbekistonlik O‘tkir Nig‘matov -66 kg vaznda 2012 yilgi paralimpiya uyinlari chempioni, 2014 yil jahon chempioni ukrainalik David Xoravani final bahsida mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shirin Sharipova (+100 kg.) bronza hamda ayollar baxslarida Sevinch Sallayeva (-52 kg.) kumush medallariga sazovor bo‘ldi.

Mazkur musobaqada 20ga yaqin davlatdan 250dan ortiq sportchi ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zbekiston milliy paralimpiya asotsiatsiyasi Axborot xizmati..

Ko‘proq yangiliklar: