OAV Suriyada AQSh nazoratidagi ikkinchi aviabaza qurilayotganini aniqladi

Jahon 09:34 / 07.03.2016 4806

AQSh Suriyaning kurdlar nazorat qiluvchi qismida aviabaza qurishni o‘z yakuniga yetkazdi va ham fuqarolik, ham harbiy vazifalarni amalga oshiruvchi ikkinchi harbiy bazani qurishni boshlab yubordi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, al Xasaka viloyatining Rmeylan shahridagi uchish-qo‘nish yo‘lagi qurilishi nihoyaisga yetgan. Shu bois Turkiya bilan chegaradan janubi-sharqda joylashgan Kobani shahri hududida yangi aviabaza qurish boshlandi. Mazkur obektning qurilishiga amerikalik o‘nlab mutaxassis va texnikalar jalb etilgan.

Suriyalik kurdlar bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Rmeylandagi uchish-qo‘nish yo‘lagidan vertolyotlar xizmat ko‘rsatishi uchun foydalaniladi. Ular minataqadagi harbiy operatsiyalarga zarur bo‘ladigan texnik materiallar tashish bilan shug‘ullanadi.

Ma'lumot uchun, AQSh 2015 yilda IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashda o‘nlab o‘z mutaxassislarini Suriya shimoliga jo‘natgan edi. Shuningdek, amerikaliklar o‘zlarining mahalliy hamkorlarini qurol-yarog‘ ta'minoti va havo himoyasi bilan ta'minlab turadi.

Ko‘proq yangiliklar: