Moskvada Ukraina elchixonasi qo‘riqlanishi kuchaytirildi

Jahon 00:08 / 07.03.2016 3520

Moskvaning markazida joylashgan Ukraina elchixonasi qo‘riqlanishi kuchaytirildi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.

Ma'lum qilinishicha, huquq-tartibot muassasalari elchixona binosi yonidagi trotuarni metall to‘siqlar bilan o‘rab olishgan.

Elchixona yonida 4 avtobus politsiyachilar navbatchilik qilmoqda, bir necha o‘nlab politsiyachilar elchixonani tashqaridan qo‘riqlamoqda.

Bunday choralar ko‘rilishiga Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasiga qilingan hujumlar sabab bo‘lmoqda. Hukumat Ukraina elchixonasiga javob hujumlari uyushtirilishi mumkinligidan xavotirlanmoqda.

Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi panjarasiga Ukraina bayroqlari o‘rnatildi

Ko‘proq yangiliklar: