Gollandiyadagi tibbiyot markazlaridan birining olimlari Xitoydan keltirilgan ming yillik Budda haykalini o‘rganib chiqishdi. Kompyuter tomografiyasi yordamida 11 yoki 12-asrga tegishli Budda haykali o‘z ichida budda rohibining mumiyolangan qoldiqlarini saqlashi ma'lum bo‘ldi.
"Olimlar haykal ichida odam qoldiqlari borligini avvalroq ham taxmin qilishgan, biroq tekshiruv davomida yana bitta kashfiyot qilindi: mumiyoning olib tashlangan ichki a'zolari o‘rnida qadimiy xitoy iyerogliflarida yozilgan qog‘oz bo‘laklari aniqlandi", deb yozmoqda "Den Online" nashri.
Hozircha bular qanday yozuvlar ekanini aniqlashning imkoni yo‘q, chunki mumiyo juda mo‘rt bo‘lgani sababli ularni chiqarib olishning iloji bo‘lmayapti. Biroq olimlar tomonidan "bizning eng keksa mijoz" deb atalayotgan mumiyo o‘zi haqida ba'zi narsalarni ayon qildi.
Haykalning asosida yotgan qog‘ozda ism yozilgan bo‘lgan. Aniqlanishicha, mumiyo Xitoy meditatsiya maktabining Lyu Tsyuan ismli rohibi bo‘lgan. Shuningdek, rohibning 1100 yilda vafot ekani aniqlandi.