London va Nyu-York badavlat odamlar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

Jahon 09:11 / 07.03.2016 3361

London va Nyu-York o‘z hududlarida eng ko‘p sonda badavlat odamlar yashashi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Knight Frank konsalting kompaniyasiga iqtibos keltirgan holda New York Times gazetasi xabar bermoqda.

Hisob-kitob 10 mln dollardan ko‘proq davlatga ega odamlar foydalanadigan ekstra-klass sinfidagi turar-joy mulki soni bo‘yicha olib borildi. Londonda bunday odamlar 34 ming 230 kishini, Nyu-Yorkda esa 32,5 ming kishini tashkil qilgan. Ma'ruza mualliflarining ta'kidlashicha, Nyu-Yorkda oxirgi 10 yil ichida 30 mln dollardan ko‘proq davlatga ega odamlar soni oshgani aniqlangan.

Bu borada 3-o‘rinni Gonkong egallamoqda, bu yerda 24,4 ming multimillioner yashaydi. Ro‘yxatning yetakchi o‘ntaligidan shuningdek Los-Anjyeles, Monako, Mayami, Dubay va Kann ham o‘rin oldi.

Ma'ruzada aytilishicha, multimillionerlarning shaharlardagi soni mavsumga ko‘ra o‘zgaradi. Misol uchun, Nyu-Yorkda 10 mln dollardan ko‘proq davlatga ega bo‘lgan odamlarning soni iyunda eng ko‘p bo‘ladi, ya'ni 32 ming kishi, biroq fevralda bu ko‘rsatkich deyarli 12 minggacha kamayadi.

1 martda Forbes jurnali chop etgan navbatdagi milliarderlar ro‘yxatiga ko‘ra, o‘tgan yili badavlat odamlar soni qisqargan, ularning umumiy boyligi 2014 yilga nisbatan 570 mlrd dollarga kamaygan va 6,5 trln dollarni tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: