Kristian Benteke: «Men simulyatsiya ishlatmadim, hakam penalti belgilab to‘g‘ri qildi»

Sport 08:18 / 07.03.2016 1847

«Liverpul» jamoasi hujumchisi Kristian Benteke Angliya chempionatining 29 turida «Kristal Pelas»ga qarshi uchrashuv (2:1) natijasini hal qilgan shubhali penalti haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«O‘sha vaziyatda raqib menga tegdi va yiqildim. Bu sho‘ng‘ish emasdi. Hakam barchasini yaxshi ko‘rib turgandi va to‘g‘ri qaror qabul qildi.

Jamoaga hamisha yordam berishga tayyor turish kerak. Men o‘zimga ishondim va o‘yinni g‘alabaga olib borish uchun harakat qildim», – deydi Benteke.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinda 1:1 hisobi saqlanib turilganida, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarning oxirgisi o‘tib borayotganida Benteke raqib jarima maydoniga kirib bordi va yiqilib, penalti ishladi. Hakam tomonidan belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini uning o‘zi aniq amalga oshirdi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Bu g‘alabadan keyin «Liverpul» 44 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi. «Kristal Pelas» 33 ochkosi bilan 15-o‘ringa tushib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: