Istanbulda Bosfor orqali o‘tadigan uchinchi ko‘prik qurilishi yakunlandi. Avtomobillar unda joriy yilning avgust oyidan boshlab harakatlana boshlaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on aytib o‘tgan, deb xabar bermoqda dpa.
Qurilishga 3 mlrd AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflangan.
Turk OAVi tarqatgan xabarlarga ko‘ra, ushbu ko‘prikning uzunligi 1,4 kilometrga cho‘ziladi. Unda 8ta avtomagistral va ikkita temir yo‘l yo‘lagi bo‘ladi. U mamlakat shimolrog‘ida, megapolisning Yevropa va Osiyo tomonlarini bog‘lab turgan qismida qurilgan.