Eron prezidenti: Rossiya bilan hamkorlik uning har bir qadamini ma'qullashimizni anglatmaydi

Jahon 01:02 / 07.03.2016 7710

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat rahbariyati Rossiyaning Suriyaga nisbatan harakatlarini har doim ham ma'qullayvermasligini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Bizning Rossiya bilan munosabatlarimiz yaxshi darajada bo‘lib, davlatlar orasida hamkorlik mavjud. Albatta, bu holat Eron Rossiyaning har bir qadamini ma'qullashini anglatmaydi", deb aytdi Ruhoniy.

Ruhoniy, shuningdek, Suriyadagi harakatlardan asosiy maqsad jangovar harakatlarni to‘xtatish va fuqarolarni normal hayotga qaytarish ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: