AQShning marhum sobiq prezidenti Ronald Reyganning rafiqasi Nensi Reygan 94 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar bermoqda TMZ nashri.
Bu ma'lumotni uning oila a'zolari tasdiqlashdi.
Ta'kidlanishicha, Nensi Reyganning salomatligi oxirgi yillarda sezilarli yomonlashgan.
Yoshligida professional aktrisa bo‘lgan Nensi Reygan 1952 yilda Ronald Reyganga turmushga chiqqan. Ronald Reygan ham o‘sha kezlarda aktyorlik faoliyati bilan shug‘ullangan.
Ronald Reygan AQShni 1981-1989 yillar davomida boshqargan.