Afg‘onistonda dron zarbasi orqali IShIDning 15 nafar jangarisi yo‘q qilindi

Jahon 14:59 / 07.03.2016 4010

Afg‘onistonning Pokiston bilan chegara hududidagi Nangarhar viloyatining Achin tumani hududida dron hujumi natijasida IShIDning 15 nafar jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda hudud politsiyasi boshlig‘i Gaji Halib Mujohidga asoslangan holda Pajhwok News xabar tarqatgan.

Xabar qilinishicha, bu amaliyot vaqtida tinch aholi vakillari jabr ko‘rishmagan.

IShID Afg‘oniston hududida 1 yil oldin o‘z ta'sirini o‘rnatishga harakatni boshladi va "Tolibon"ning sobiq a'zolarini o‘z tarkibiga jalb etdi. Shu yilning fevralida Afg‘oniston IShIDga qarshi xalqaro koalitsiyaga qo‘shilgani haqida ma'lum qildi.

Biroz oldinroq, mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani Afg‘oniston IShID uchun qabristonga aylanishi haqida aytgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: