«Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi kechgan bahsdan so‘ng (0:0) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Avvaliga 20 daqiqa davomida raqibning pressingi ostida qoldik. O‘yinning ikkinchi qismi esa biz uchun yaxshi kechdi, aytishim mumkinki biz o‘yinni g‘alaba bilan yakunlashga ham yaqin keldik. Biz har bir o‘yinga finalda tushgandek yondashmoqdamiz.
Kimmix bilan gaplashganimda, men unga faqat yaxshi gaplar aytdim. U YeChLda kuchli hujumchilarga qarshi va bugun Obameyangga qarshi yaxshi o‘ynadi. Endi menga aytmangki, u markaziy himoyachi emas deb.
Men bu yigitchaning o‘yinini yoqtiraman. Unda talab etiladigan barcha jihatlar mavjud. U yanada ko‘proq narsa o‘rganishni istaydi, unda ehtiros bor. U o‘zi istagan ishni amalga oshira oladi», – deydi Gvardiola.