Xitoyning Sian shahrida noxush holat aniqlandi. Bu yerdagi turar-joy binolaridan birida buzilib qolgan lift ichidan ayolning jasadi topildi. Jasad lift buzilib qolgandan keyin 30 kun o‘tib aniqlangan.
Xabar qilinishicha, 30 yanvarda binoda yashovchi odamlar liftning nosoz ishlayotgani sababli mutaxassislarni chaqirtirishgan. Ular voqea joyiga kelib, liftda odam bor-yo‘qligini tekshirib o‘tirmay, liftni o‘chirib qo‘yishgan. Ta'mirlash brigadasi 1 mart kuni nuqsonni bartaraf qilish uchun qaytib kelgan. Ana o‘shanda lift kabinasida 43 yoshli mahalliy ayolning jasadi topilgan.
"Politsiya qasddan o‘ldirish holatini istisno qildi va ayolning o‘limiga montyorlarning jinoiy sovuqqonligi sabab bo‘lgan degan xulosaga kelgan", deb yozmoqda The Guardian nashri.