6 martga o‘tar kechasi AQShning Las-Vegas shahrida aralash qoidalar bo‘yicha UFC 196 shou doirasida janglar bo‘lib o‘tdi.
Oqshomning markaziy jangida UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregor amerikalik Neyt Diasga qarshi ringga ko‘tarildi.
Besh daqiqadan iborat jangning birinchi raundini sof ustunlikda yakunlanagan Makgregor ikkinchi raundni ham ko‘tarinki ruh bilan boshladi. Ammo raund o‘rtalarida bir nechta kuchli zarbalarni o‘tkazib yuborgach, u o‘ziga kela olmadi.
U raqibning kuchli zarbalaridan keyin parter holatiga tushdi. Shu asnoda referi jangni to‘xtatdi va Makgregor sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchradi.
Mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsada, Konor chempionlik unvonini o‘zida saqlab qolgan. Qolaversa u o‘zi uchun kafolatlangan bir million dollar gonorarga ega bo‘ldi va endi u bitta jangda 1 million dollar gonorar olgan birinchi UFC jangchisiga aylandi. Neyt Dias esa bu jang orqali 500 ming dollar ishlab oldi. Ushbu summaga jang translyatsiyasidan keladigan ulush kiritilmagan.
Makgregor faoliyati davomida 21ta jang o‘tkazib, ulardan 19tasida g‘alaba va 2tasida mag‘lubiyatga uchragan. 30 yoshli Dias esa 28ta jangdan 18tasida g‘olib chiqib, 10tasida mag‘lub bo‘lgan.
2015 yilning 13 dekabrida Makgregor braziliyalik Joze Aldoning 13 soniya ichida nokaut qilib (rekord natija), UFC mutlaq chempioniga aylangandi.