Turkiya sohillari yaqinida muhojirlar ketayotgan kema cho‘kib ketdi. Oqibatda 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.
Fojia Turkiyaning g‘arbidagi Dimim shahri sohillari bo‘yida yuz berdi. Sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati 15 kishini qutqarib qoldi.