Toyota yog‘ochdan avtomobil yasadi

Fan-texnika 18:22 / 06.03.2016 4024

Toyota kompaniyasi shassi va kuzovining asosiy qismlari yog‘ochdan yasalgan Setsuna kontsept-karini namoyish qildi. Prototipning ommaviy namoyishi aprelda Milandagi Dizayn haftaligida bo‘lib o‘tadi.

Yangi modelning yapon tilidan tarjimasi "lahza" ma'nosini anglatadi.

Toyota Setsuna’ning gabarit uzunligi 3030 millimetrni, eni 1480 millimetrni, balandligi esa 970 millimetrni tashkil qiladi. Mashinaning g‘ildiraklar bazasi 1700 mm.ga teng. Rodster elektr dvigatel bilan harakatga keltiriladi.

Mashina Riva Aquarama italyan motor qayiqlari uslubida bajarilgan. Avtomobilning ramasi qayin yog‘ochidan, kuzov panellari yapon kedridan, rul chambari esa sarvdan (kiparis) tayyorlangan. Mashinani yig‘ishda a'nanaviy yapon texnikasi "okuriari"dan foydalanilgan: detallar bir-biriga mix, shurup va samorezlarsiz birlashtirilgan.

Asboblar panelida vaqtning yuz yillik oraliqlarini hisoblaydigan maxsus o‘lchov asbobi o‘rnatilgan. U avlod-ajdodlarni ajratuvchi masofalar, uzoq umr ko‘rish va daraxtlarning chiroyini ifodalaydi.

Ko‘proq yangiliklar: