Slovakiyaning birinchi prezidenti shifoxonaga yotqizildi

Jahon 00:42 / 06.03.2016 2690

Slovakiya hukumati mamlakatning birinchi prezidenti Mixail Kovachning shifoxonaga yotqizilganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Bratislavaning universitet gospitalida aytilishicha, 85 yoshli Kovachning ahvoli barqaror, uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

Ta'kidlanishicha, Kovach Parkinson kasalligi bilan bog‘liq muammolar tufayli shifoxonaga yotqizilgan.

Kovach Chexoslovakiya Chexiya va Slovakiyaga ajrab ketgandan keyin, 1993 yilda Slovakiyaning birinchi prezidenti etib saylangandi. U bu lavozimda 1998 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan.

Ko‘proq yangiliklar: