Rossiyalik, qozog‘istonlik va mo‘g‘ilistonlik sayyohlar guruhini Seul aeroportining yerto‘lasida 3 kun davomida ovqatsiz va suvsiz ushlab turishdi.
30 kishidan iborat bu guruhni hech qanday sabablarsiz Janubiy Koreyaga kiritishmagan. Rossiyaliklarni Seul aeroportida ushlab qolishgan, shu 3 kun ichida ularni tashqi dunyodan ayirib qo‘yishgan, hattoki konsul bilan ham uchrashtirmay deport qilib yuborishgan.
Mixail ismli rossiyalik Rossiyadagi saytlardan biriga og‘ir sharoitlarda saqlanishayotganligi haqidagi videoni jo‘natgan.
Mixailning ta'kidlashicha, u bilan birga vatandoshlari ham, Suriya va Misrdan kelgan qochqinlar ham saqlangan. Ularning hech qaysisi qarindoshlari bilan bog‘lana olishmagan, chunki xonada hech qanday aloqa vositasi bo‘lmagan.
Bundan tashqari, ularni ovqat bilan ta'minlashmagan. Oziq-ovqat uchun narxlar dollarda bo‘lgan: “Doshirak”ning narxi – 10 dollar, kutib turuvchilar uchun beriladigan tekin gamburger ham – 10 dollar bo‘lgan.
Faqatgina uch kun o‘tib, rossiyaliklardan biri Wi-Fi aloqasini topib, Rossiya bilan bog‘lana olgan. Shundan keyingina, rossiyaliklarni o‘z vatanlariga jo‘natib yuborishgan.
YouTube portalida joylashtirilgan boshqa bir videodan ko‘rish mumkinki, kichik yerto‘la xonada ko‘pgina odamlar siqilib qolishgan, ular hattoki stol va pol ustida ham uxlashgani aks ettirilgan.
"Bu yerda rossiyalik, qozog‘istonlik va mo‘g‘ilistonlik sayyohlar. Sharoitlar do‘zaxnamo. Axir biz Janubiy Koreyaga sayohat maqsadida kelgan sayyohlarmiz. Buni qanday tushinish mumkin? Ovqat berishmaydi, suv berishmaydi va o‘z harakatlarini izohlashmaydi. Tarjimon ham yo‘q. Ikkinchi tunda uxlashimga joy topilmadi. 21 asrda ham shunday bo‘lishi mumkin ekan. Hatto hojatxonaga chiqishga ruxsat yo‘q", deydi video muallifi.