Qirg‘iziston fuqarosi O‘zbekistonga noqonuniy tarzda 129 ta smartfon olib o‘tmoqchi bo‘lganda chegarada qo‘lga olindi, deb xabar berdi Qirg‘iziston davlat chegara xizmatiga iqtibos keltirgan holda Sputnik Kirgizstan nashri.
Qirg‘izistonning Ola-Bo‘ka chegara otryadi xodimlari qoidabuzarni noqonuniy yukni rasmiy o‘tkazish punktidan boshqa joydan olib o‘tmoqchi bo‘lganda qo‘lga olishdi.
"Qirg‘iziston fuqarosi Qirg‘izistondan O‘zbekistonga umumiy qiymati 2 mln somlik (26 ming dollarga yaqin) 129 dona Samsung Galaxy smartfonini olib o‘tmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi. Shuningdek, uning yonidan 1 mln somga (13 ming dollar) yaqin tibbiy vositalar topilgan", deyilmoqda xabarda.
Qoidabuzarning shaxsni tasdiqlovchi birorta ham hujjati bo‘lmagan. Qoidabuzarlik rasmiylashtirilgandan keyin qoidabuzar huquq-tartibot muassasalari xodimlari qo‘liga topshirildi.