"Krasnodar" jamoasining o‘zbekistonlik legioneri Odil Ahmedovdan Rossiya chempionatining ikkinchi davrasi boshlanishi arafasida intervyu olishdi. Sputnik tomonidan uyushtirilgan blits-intervyuda Odil Ahmedov O‘zbekiston va Rossiya futbolidagi farqlar, O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2018 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish bo‘yicha imkoniyati haqidagi savollarga javob qaytargan.
- Sizningcha, O‘zbekiston va Rossiya futbolida qanday farqlar bor?
- Farq katta. Masalan, O‘zbekistonda texnik futbolga urg‘u qaratilib, shunga xos o‘yin namoyish etiladi, Rossiyada esa jismoniy tayyorgarlik muhim sanaladi.
- O‘zbekiston terma jamoasining o‘ziga xos jihatlari haqida nima deya olasiz?
- Tarkibdagi barcha futbolchilarning o‘ziga xos jihatlari bor. Ko‘p narsani murabbiy hal qiladi, futbolchilarga bosim tushmaydi.
- Nimaning evaziga O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2018 turniriga yo‘l olishi mumkin? Imkoniyatlar qay darajada?
- Umid qilamanki, 2018 yilda O‘zbekiston mundial ishtirokchisi bo‘ladi. Chunki hozirgi tarkibda kuchli futbolchilar jamlanishgan. Men bu safar maqsadga erishishimizga ishonmoqdaman.
- Rossiyada yashash qanday? Krasnodar va Toshkent o‘rtasida qanday farqlar bor?
- Bu yer menga juda yoqadi. Menga ham, oila a'zolarimga ham. Bu yerning iqlimi Toshkentdagidan ko‘p farq qilmaydi. Bu yerda ham issiq kunlar ko‘p bo‘ladi. O‘zimning uyimdagidek his qilaman.
- O‘yinlar arafasida hayajonni bosish uchun nima qilasiz?
- Har safar duo o‘qiyman. Xudodan yordam so‘rayman.
Kecha, 5 mart kuni Rossiya chempionatining 19-turi doirasidagi markaziy o‘yinda “Krasnodar” o‘z maydonida “Zenit” jamoasini qabul qildi. Hujumkor ruhda o‘tgan o‘yinda hisob ochilmadi.