6 mart kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar guruhi Rossiyaning Kiyev shahridagi elchixonasiga hujum uyushtirishgan. Bu haqda Ukraina Milliy politsiyasiga asoslanib, TASS agentligi xabar tarqatgan.
"Politsiyaining navbatchi guruhiga elchixonaga hujum uyushtirilgani haqida xabar kelib tushgan. Qo‘riqchilarning so‘zlariga ko‘ra, elchixona binosiga 10 chog‘li kishi kirib kelgan. Ular qora kiyimlarda bo‘lishgan va qo‘llarida mash'alalar tutishgan", deyiladi xabarda.
Ular hududdagi avtomobillarga zarar keltirishgan va bolg‘alar vositasida oynalarni sindirishgan.
Ukraina Oliy radasi xalq deputati Igor Lutsenkoning o‘z feysbukida yozishicha, hujum qiluvchilar bu orqali asirlikdagi ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoni qo‘llab-quvvatlashgan.
Bundan oldinroq, Kiyev shahri markazidagi Maydan maydonida Savchenkoni qo‘llab-quvvatlash maqsadid namoyish boshlangani haqida xabar berilgandi.