Chempionship (Angliyaning daraja bo‘yicha ikkinchi ligasi) a'zosi hisoblanadigan "Lids Yunayted" jamoasi muxlislari jamoaning italiyalik prezidenti Massimo Chellinodan iste'fo talab qilib, norozilik namoyishi o‘tkazishdi. Bu haqda The Independent nashri xabar tarqatgan.
Xabarda aytilishicha, chempionshipning 35-turi doirasida "Bolton Uonderers" jamoasiga qarshi kechgan bahs arafasida bir guruh muxlislar "Massimo, ketadigan payting keldi" kabi yozuvlar bitilgan plakatlarni ko‘tarib chiqishgan. Undan tashqari, italiyalikning dafn marosimi sahnalashtirilgan. Muxlislarning fikricha, Chellino ularning sevimli jamoasini o‘ldirgan.
Namoyish vaqtida osmonda yengil motorli samolyot uchib "TIME TO GO MASSIMO" yozuvini hosil qilgan.
Plane carrying the message "Time To Go Massimo" circling round. #lufc pic.twitter.com/e2pfaRgiyz
— I'd Radebe Leeds (@Radebe_Leeds) 5 marta 2016 g.
5 mart kuni "Lids"ning uy stadioni bo‘lmish "Elland Roud"da o‘tkazilgan bu bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mezbonlar tarkibida Mirko Antenuchchi dubl qayd etgan, "Bolton"ning javob goli esa Kayl Vuleri tomonidan urilgan.
Ayni vaqtda "Lids" 41 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 16-o‘rnini egallab turibdi.
Londonda "Tottenxem" va "Arsenal" jamoalari muxlislari orasida mushtlashuv kelib chiqdi