«Lester» Angliya chempionatining 29-turida «Uotford»ga qarshi o‘ynadi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, «tulkilar» yaqin ta'qibchi - «Tottenhem»dan yana 5 ochkoga o‘zib ketishdi.
Aytish joizki, faqatgina APLning birgina jamoasi 29-turdan keyin besh va undan ortiq ochko farqiga o‘zib ketib, yakunda chempionat g‘olibiga aylana olmagan. Ayni vaqtda uchinchi o‘rinda borayotgan «Arsenal» jamoasi 2002/03 yilgi mavsumda shunday natija qayd etgandi.