Kobul shahri markazida noma'lum shaxslar 2 nafar turkiyalikni o‘ldirib ketishdi

Jahon 17:02 / 06.03.2016 3255

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida joylashgan savdo kvartaliga qurolli hujum uyushtirilishi oqibatida Turkiya fuqaroligiga ega bo‘lgan 2 shaxs hamda bir afg‘onistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, noma'lum shaxslar 5 mart kuni oqshomida xarid uchun kelgan xorijliklarga hujum qilishgan va voqea joyidan yashirinishgan.

Jabrlanuvchilar tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib borilgan. Bu voqea bo‘yicha jinoiy ish ochilgan hamda tergov harakatlari boshlangan.

Hozircha politsiyachilar bu hujum uchun nima sabab bo‘lganini aniqlay olishmagan. Shuningdek, hech qaysi guruh bu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: