Italiya A seriyasi, 28-tur: "Yuventus" yana peshqadamlikni qo‘lga oldi va turning qolgan natijalari

Sport 22:33 / 06.03.2016 2118

Italiya A seriyasining 28-turida Turinning "Yuventus" jamoasi mehmonda "Atalanta"ni 0:2 hisobida mag‘lub etdi va 2-o‘rinda borayotgan "Napoli"dan 3 ochko o‘zib ketdi. "Keksa sinora" safida gollarni himoyachi Andrea Bartsali va yarimhimoyachi Mario Lemina kiritdi.

"Milan" mehmonda "Sassuolo"ga 2:0 hisobida yutqazdi. "Rossonerlar" hali biror marta "Sassuolo" stadionida g‘alabaga erisha olmaganlar.

Musobaqa autsayderi "Frozinone" "Udineze"ni 2:0 hisobida, "Jyenoa" o‘z maydonida "Empoli"ni 1:0 hisobida yutdi, "Bolonya" va "Kapri" o‘rtasidagi uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Italiya A seriyasi. 28-tur
Atalanta – Yuventus – 0:2
Gollar: Bartsali, 24 (0:1); Lemina, 86 (0:2).

Sassuolo – Milan – 2:0
Gollar: Dunkan, 27 (1:0); Sansone, 71 (2:0).
Chetlatish: Defrel, 76 (Sassuolo)

Frozinone – Udineze – 2:0
Gollar: Chofani, 12 (1:0); Blankard, 60 (2:0).

Jyenoa – Empoli – 1:0
Gollar: Rigoni, 48 (1:0).

Bolonya (Bolonya) – Karpi (Karpi) – 0:0

Ko‘proq yangiliklar: