6 mart kuni Iroqning Bobil viloyatidagi tumanlardan birida yuz bergan terakt tufayli kamida 35 kishi qurbon bo‘lgan. Shuningdek, 30dan ortiq kishi jarohatlangan. Bu haqda politsiyadagi manbasiga asoslangan holda Alsumaria telekanalida xabar berilgan.
"Iroq shimolidagi Bobil viloyati hududida yuk mashinasiga o‘rnatilgan bomba portlashi tufayli 35 kishi halok bo‘ldi va 34 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga keltirildi", deyiladi xabarda.
Iroq OAVida ta'kidlanishicha, portlagan yuk mashinasi rulida terrorchi-hudkush o‘tirgan.
Bu portlash poytaxt Bag‘dod shahridan 100 km masofada, Hilla shahriga kiraverishdagi nazorat punkti oldida sodir etilgan.