Eronlik milliarder poraxo‘rligi uchun o‘limga mahkum etildi

Jahon 17:20 / 06.03.2016 8827

Eronlik milliarder Babak Zanjoniy korrupsiya va jamg‘armalar mablag‘ini talon-taroj qilishda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm etildi.

"Babak Zanjoniy – Turkiya, BAA va Malayziyada aktivlarga egalik qiluvchi Sorinet Group korporatsiyasi rahbari bo‘lib, 2013 yilning 30 dekabrida firibgarlik hamda korrupsiya orqali davlatga ziyon yetkazish aybi bilan qamoqqa olingan. Uni sanksiyalarni aylanib o‘tgan holda sotilgan neft mablag‘larini sotishdan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirishda ayblashgan edi", deb xabar beradi IRNA agentligi.

Eron milliy neft kompaniyasi (EMNK) milliarderga 2 milliard dollarlik neft sotish haqida ko‘rsatma bergan. Shu o‘rinda EMNK rahbariyati sanksiya va qonunlarni buzishda Zanjoniyni olingan mablag‘larni qaytarishga moliyaviy kafolat berishini so‘rashmagan.

Milliarder hozirda Tehrondagi “Evin” qamoqxonasida saqlanmoqda.

2012 yilda AQSh va Yevropa Ittifoqi Zanjoniyni Eron nefti va banklari sektori faoliyatini cheklovchi sanksiyalarni aylanib o‘tgan holda savdo qiluvchi sifatida qora ro‘yxatga kiritgan.

2014 yili Eron prezidenti Hasan Ruhoniy sanksiyalarni aylanib o‘tgan holda sotilgan neft mablag‘larini sotishdan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirish bo‘yicha surishtiruv-tergov harakatlarini boshlash xususida ko‘rsatma bergan.

Ko‘proq yangiliklar: