Isroilning Corephotonics maxsus patentlangan egik linzalardan tashkil topgan va ikkita 13 megapiksellik fsensorlardan iborat bo‘lgan Hawkeye fotomdulini taqdim etdi. Bunday modul LG G5dagi modul kabi stereoskopik yoki keng burchakli suratni chiqarish uchun emas, balki sifatni yo‘qotmasdan masshtabli suratlarni chiqarish uchun mo‘ljallangan. Ishlab chiqaruvchi ta'kidlashicha, bunday texnologiya besh marta optik kattalashtirish bilan teng bo‘ladi. Buning uchun, har bir sensordan olingan suratni bir biriga birlashtirishadi.
Kompaniya xodimlari Hawkeye kamerasi bozorda mavjuv bo‘lgan 130-magapiksellik va boshqa ikkitalik fotomodul sensorlaridan sifati afzalroq deb ishontirishmoqda. Egik linzalar texnologiyasi modulning balandligini 5.4 millimetrga tushirishga yordam berdi. Ikkala sensorlar ham suratni optik barqorarlashtirish tizimi bilan jihozlangan.
Bundan tashqari, kompaniya yoritish sharoitlari kamroq bo‘lgan joylarda suratlar olish uchun mo‘ljallangan Slim Dual Camera fotomodulini ham taqdim etdi.
Slim Dual Camera va Hawkeye fotomodullari 2017 yildan keyin chiqishi tahmin qilinmoqda.