Cho‘kib o‘lgan bolakayning o‘limida ikki suriyalik aloqador deb topildi

Jahon 14:11 / 06.03.2016 3858

Turkiya sudi 4 mart kuni ikki suriyalikni besh odamning cho‘kib halok bo‘lishida ishtirokchi sifatida aybdor deb topib to‘rt yildan qamoq jazosiga hukm qildi.

Halok bo‘lganlar ro‘yxatida jonsiz tanasi qirg‘oqqa chiqib qolgan Aylan Kurdiyning ham ismi bor, deb xabar beradi Dogan axborot agentligi.

Aynan o‘sha bolakayning surati o‘tgan yilning sentabr oyida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan, deyarli butun dunyoning rahmini keltirgan va albatta, muhojirlar taqdiriga munosabatni qayta ko‘rib chiqishga undagan edi.

To‘lqinlar tanasini Turkiyaning janubi-g‘arbiy qirg‘og‘iga chiqarib qo‘ygan uch yoshli Aylan onasi va akasi bilan qayiqda Gretsiyaga yetib olishga uringan muhojirlar bilan birga halokatga uchragan.

Ikki nafar suriyalikning har biriga ongli ravishla o‘limga olib keluvchi holatga sabab bo‘lgani uchun 4 yilu ikki oylik qamoq jazosi tayinlandi.

Aylanning o‘limidan so‘ng Suriya va boshqa mamlakatlardan oqib kelayotgan yuz minglab muhojirlar muammosining yanada keskinlashuvi yuzaga keldi.

Yevropa Ittifoqi Kengash raisi Donald Tusk dushanba (7 mart) kuni bo‘ladigan YeI sammiti oldidan muhojirlar muammosini hal etishda yaqinroq hamkorlikka erishish maqsadida 4 mart kuni Turkiyaga tashrif buyurdi.

Yevropa Ittifoqiga a'zolikka da'vo qilayotgan Turkiyani Yevropaga o‘tish imkoniyati mavjudligi sabab qochqinlarni o‘z hududiga kiritmaslikka undamoqda. Turkiya Suriyadagi fuqarolik urushi oqibatida besh yil ichida o‘rtacha 2,5 million qochqinlarni qabul qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: