Ruslan Chagayev superog‘ir vazn toifasida Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) versiyasiga ko‘ra muntazam jahon chempioni unvoni uchun avstraliyalik Lukas Braunga qarshi jangda mag‘lubiyatga uchragach, uning jamoasi shikoyat bilan murojaat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Chagayev 5 mart oqshomida Grozniy shahrida o‘tkazilgan jangning 10-raundida referi tomonidan texnik nokaut yozilishi tufayli mag‘lubiyatga uchradi.
"Men o‘z menejyerimga bu jang natijasiga apellyatsiya berilishiga rozilik bildirdim. Men bu jangni barvaqt to‘xtatish uchun asos bor edi deb o‘ylamayman. Men zarba o‘tkazib yuborganimdan keyin yiqildim, lekin tura oldim. Boshim aylangani ham yo‘q edi. Jangni o‘sha vaziyatda to‘xtatishga hojat yo‘q edi. Men jang qilish uchun chiqqandim, boksning boshqa sport turlaridan farqi bor. Bokschilar oxirigacha kurashamiz", deya Chagayevning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS nashri.