Buyuk Britaniya Savdo palatasi boshlig‘i Yevropa Ittifoqi haqidagi so‘zlari uchun o‘z lavozimidan chetlatildi

Jahon 20:25 / 06.03.2016 3344

Umumbritan savdo palatasining bosh direktori Jon Longuort Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishining foydaliligi haqidagi aytgan so‘zlari uchun vaqtinchalik o‘z lavozimidan chetlatildi.

Longuort savdo palatasining har yillik anjumanidagi nutqida Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi uzoq muddatli istiqbollari uning ittifoq tarkibida qolishidagidan ko‘ra yorqinroq ko‘rinadi, deb aytdi.

Uning aytishicha, Britaniya iqtisodiyotidagi ishlar mamlakat Yevropa Ittifoqidan chiqqanidan keyin ancha yaxshi boradi. 

Britaniya Savdo palatasi tashkilot sifatida Yevropa Ittifoqidagi a'zolik bo‘yicha bahsdan chetda qolishini aytgan va 23 iyunda bu borada o‘tadigan referendumda u yoki bu tomonni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kampaniya olib bormaydi, chunki palata a'zolarining bu masala bo‘yicha fikrlari ancha tarqoqlashgan.

Financial Times ma'lumotlariga ko‘ra, palata direktorlar kengashi Longuort va uyushmaning o‘zagcha fikrga ega a'zolari bilan fikrlardagi tarqoqlikni hal qilish bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazgan.

Natijada Longuort tashlikotning Yevropa Ittifoqidan chiqish masalasida betaraflikka amal qilish bo‘yicha tutgan pozitsiyasiga zid bo‘lgan harakati tufayli o‘z lavozimidan vaqtinchalik chetlatilgani e'lon qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: